» » O‘zbekistonda bolalarni maktablarga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilish 10-avgustdan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi

O‘zbekistonda bolalarni maktablarga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilish 10-avgustdan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi


Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, maktablarga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli mikrohudud bo‘yicha asosiy kvotaga tushmagan bolalar uchun amalga oshirilishi belgilandi.

Ilgari qo‘shimcha kvota maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1-sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, maktablarda ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ajratilar edi.

Endilikda bolalarni qo‘shimcha kvota asosida qabul qilish maktab direktorlari tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari bu jarayon Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilar edi.

Bolalarni maktablarga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilish 10- avgustdan 31-avgustga qadar amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, maktablarga bolalarni qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilishda undiriladigan to‘lov bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют