» » O‘zbekistonda maktablarga qabul bepul va pulli kvota turlariga ajratiladi

O‘zbekistonda maktablarga qabul bepul va pulli kvota turlariga ajratiladi


“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bolalarni davlat maktablariga qabul qilish va oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibidagi yangiliklarga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.

Ta’kidlanishicha, 2019/2020-o‘quv yili uchun bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga 1-sinfga qabul qilish 2019- yil 15-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Maktablarga qabul asosiy va qo‘shimcha kvota turlariga ajratiladi.

Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan holda shakllantiriladi;

Qo‘shimcha kvota — umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1-sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, umumta’lim muassasalarida ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ajratiladi.

Umumta’lim muassasalariga asosiy kvota bo‘yicha qabul har yili 15-iyundan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha tegishli yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi.

Bolalarni umumta’lim muassasalariga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul har yili 15-iyundan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahrom Bakiyevning aytishicha, belgilangan tartibga muvofiq qo‘shimcha kvota uchun eng kam ish haqining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik to‘lov puli to‘lanadi. Qo‘shimcha kvotalarni olish kuzatuv kengashlari tomonidan muhokamaga kiritiladi. Har bir sinfda bolalar soni 35 nafardan oshmasligi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют