» » Akmal Saidov: Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan, Somali esa yo‘q

Akmal Saidov: Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan, Somali esa yo‘q


Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani nima uchun Somali va AQSh ratifikatsiya qilmagani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Saidov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

BMTning Bolalar jamg‘armasi — UNICEF O‘zbekistonda bolalar qashshoqligi keksalarning pensiyasi hisobiga yengillashtirilayotgani haqida ma’lumot taqdim etgan edi. Unda UNICEF O‘zbekiston uchun 2 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarga 150 ming so‘m miqdorida oylik nafaqa tayinlashni taklif qilgan.

Hisob-kitoblariga ko‘ra, bolalar nafaqalarini to‘lash tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, boshlang‘ich bosqichda moliyaviy xarajatlarni keskin ko‘paytirishni talab qilmaydi. Kelgusida esa har yili YAIMning 0,05 foizi miqdorida oshirishni taqozo etadi, xolos. Bu bilan 2030-yilda 14 yoshgacha bo‘lgan, 2034-yilda 18 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarni nafaqa bilan qamrab olishga zamin yaratiladi.

Ma’lumotda qayd etilishicha, O‘zbekiston aholisining faqat 1 foizining daromadi oyiga 1,6 million so‘mni tashkil etadi. O‘zbekistonda 76 foiz aholining kunlik xarajatlari 15,7 ming so‘mdan kamroq — bu 30 kunda 471 ming so‘m, degani. O‘zbekistonda qashshoqlik chegarasida yashayotgan odamlarning yarmiga yaqini ijtimoiy yordam olmaydi. Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan nafaqa tizimini ham isloh qilish uchun qo‘shimcha izlanishlar olib borilishi lozim. Bugungi kunda nogironlikning og‘ir shakllariga ega 3—17 yosh oralig‘idagi bolalarning faqatgina 48 foizi ko‘mak oladi.

“Daryo” muxbiri bolalar qashshoqligi keksalarning pensiyasi hisobiga yengillashtirilayotgani va nogiron bolalarning faqatgina 48 foizi ko‘mak olishi O‘zbekistonda bolalar huquqlarini qay darjada ta’minlanayotganini ko‘rsatadi, deb savol bilan murojaat qildi.

Bunga javob bergan Akmal Saidov UNICEF’ning taklifini eshitganini va bu taklif hozir ko‘rib chiqilayotganini bildirdi

“Taklifni o‘rganib chiqish qay darajada ketayotgani bo‘yicha xabarim yo‘q. Lekin keltirilgan raqamlar haqiqatan ham dahshat. O‘zbek xalqi oriyatli bo‘ladi, ko‘p oilalar nuqsoni yoki kamchiligi bor bolalarini berkitadi. Ularga qancha yordam berish masalasi hukumat zimmasidagi ish. Bizda ‘ko‘rpangga qarab oyoq uzat’, degan maqol bor. Imkoniyat bo‘lsa, bolalarga, ayniqsa, nogiron — jismoniy nuqsoni bor bolalarga yordam berish kerak. To‘g‘ri, agar bolalarga yetarlicha ta’minot bo‘lmasa, keksalarning pensiyasi hisobiga yashashga majbur bo‘ladi. Bu ham yaxshi emas. Bunday iqtisodiy-ijtimoiy muammolar bor. Ularni hukumat sekin astalik bilan hal qilishga kirishgan”, — dedi Saidov.

Markaz rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga ko‘ra, har bir bolani manfaatlarini yuqori darajada himoya qilish kerak. Bolaga tibbiy ko‘rsatmalar asosida, ruhan va jismoniy ko‘mak olishiga sharoit bo‘lishi lozim.

“Dunyodagi barcha davlatlarda bolalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish har xil. Jahonda ikkita davlat Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan: birinchisi Somali, ikkinchisi esa AQSh. Somalining ahvolini bilaman. AQShning avvalgi elchilariga nima uchun konvensiyani haligacha ratifikatsiya qilmagansizlar, deb savol bergan edim. Bunga elchi ‘Bizning moddiy imkoniyatimiz yo‘q”, deb javob bergandi. AQShdek eng rivojlangan, iqtisodiy buyuk davlatda bola huquqlarini to‘liq ta’minlash uchun iqtisodiy sharoit yo‘q ekan. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish bo‘lgani sari bolalarni iqtisodiy ta’minlash, bolalar qashshoqligiga qarshi kurashish imkoniyatlari ortib boradi”, — dedi u.

Oldinroq, Akmal Saidov O‘zbekistonda tug‘ilgan uchta egizak bolalarning har biriga nafaqa puli berilishi kerakligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют