» » Xonanda Botir Yaminov ruxsatsiz 100 dan ortiq muxlis to‘plagani uchun uning klipi syomkasi to‘xtatib qo‘yildi

Xonanda Botir Yaminov ruxsatsiz 100 dan ortiq muxlis to‘plagani uchun uning klipi syomkasi to‘xtatib qo‘yildi


Xonanda Botir Yaminov klip suratga olish jarayonida muammoga duch keldi. Bu haqda uning o‘zi jurnalist Feruz Muhammadga quyidagilarni ma’lum qildi.

“Mega Planet savdo majmuasida ‘Bilmadi yor’ deb nomlangan raqsbop qo‘shig‘imizga klip suratga oldik. Uning g‘oyasidan kelib chiqib, bir qator sahnalar uchun bizga ko‘proq muxlis kerak edi. Rejaga ko‘ra biz sahna yasatib, hech bir tayyorgarliksiz o‘sha yerning o‘zida qo‘shiq aytishimiz, buning natijasida yig‘ilgan muxlislar bilan esa klip olishni rejalashtirdik. Maqsadimiz — klipda tushaman deb oldindan tayyorlangan muxlislar bilan emas, shu yerning o‘zida jam bo‘lganlar bilan klipni yanada jonli qilib suratga olish edi”.

Biroq kutilmaganda muxlislar klip ijodkorlarining rejasidan-da ko‘payib ketgan va ular sahna atrofini o‘rab olgan. Tartib-qoida bo‘yicha esa kamida yuz kishini to‘plab konsert berish uchun xavfsizlik nuqtai nazaridan ruxsat olish kerak.

“Bizning bundan xabarimiz yo‘q edi — deb gapini davom ettirgan Botir Yaminov. — Odamlar chinakam konsert deb o‘yladimi, xullas, juda ko‘pchilik yig‘ildi. Qo’shiqni aytib bo‘lib, klipning syomka ishlarini boshlagan vaqtimizda ichki ishlar xodimlari kelib qoldi. Ular jamoat joyida buncha odam bilan klip syomka qilishdan oldin ruxsatnoma olish kerakligini tushuntirishdi. Biz esa suratga olish ishlarini to‘xtatishga, muxlislarni tarqatishga majbur bo‘ldik”.

“Boshqa kuni esa ichki ishlar xodimlari bergan maslahatga amal qilgan holda ruxsatnoma olib, so‘ng ishni davom ettirdik. Hamkasblarimdan kimdir kun kelib ommaviy sahnalardan iborat klip suratga olsa, ularga oldindan ruxsat olishlarini maslahat berardim. Agar o‘zim bu haqda avvalroq bilganimda vaqtimni ham, mablag‘ni ham tejagan bo‘lardim”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют