OAV: Xonanda Filipp Kirkorov rossiyalik milliarder Gutseriyevning she’riga JCh–2018 madhiyasini yozdi (video)
Rossiyaning Sochi shahridagi “Fisht” stadionida yopiq rejimda futbol bo‘yicha JCh–2018 uchun suratga olinayotgan klip syomkasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Molniya Sport” axborot agentligiga asoslanib, “Sports.ru” xabar bermoqda.
Syomkalar “Zemlyane” guruhi asoschisi va JCh–2018 ning taxminiy madhiyasini bastalagan Vladimir Kiselyov rahbarligi ostida bo‘ldi.
Xabarda qayd etilishicha, qo‘shiq matni muallifi Forbes versiyasi bo‘yicha Rossiyaning eng boy oilasi a’zosi, milliarder Mixail Gutseriyev bo‘ldi.
Qo‘shiqning asosiy ijrochisi – Filipp Kirkorov. Undan tashqari klip syomkasida Kristina Orbakayte, Sergey Lazarev, Denis Maydanov va ko‘plab boshqa artistlar ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati 2018-yilning 14-iyun — 15-iyul kunlari mamlakatning 11 shahrida — Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi va Yekaterinburgda bo‘lib o‘tadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!






- отсутствуют

- отсутствуют
