» » Qora dengizda baliqchilar kemasi yonib ketdi

Qora dengizda baliqchilar kemasi yonib ketdi


Qora dengizning Krasnodar o‘lkasida joylashgan Jubga qo‘rg‘onchasiga qarashli suvlarida baliqchilar kemasi yonib ketdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Yong‘in oqibatida kema suvga cho‘kib ketgan. Kema bortida bo‘lgan olti nafar odam qutqarib qolingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kema dvigatelidan kelib chiqqan. Ko‘ngilsiz hodisa qirg‘oqdan 1,5 kilometr narida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Cho‘kib ketgan kemadagi odamlar yo‘lovchi qayiqlar yordamida qirg‘oqqa olib chiqilgan. Mintaqaviy FVVning ma’lum qilishicha, jarohat olganlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют