» » Fiat Chrysler O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarmoqchi

Fiat Chrysler O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarmoqchi


Fiat Chrysler Automobiles Italiya—Amerika konserni O‘zbekiston avtomobil sanoatiga sarmoya kiritmoqchi. Spot’ning yozishicha, bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Yusuf Hajasga tayanib, “O‘zbekiston24” telekanalining “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

“Fiat Chrysler Automobiles respublikada chet el sarmoyasini jalb etgan holda avtomobillar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish orqali sanoat hamkorligini o‘rnatishdan manfaatdordir”, — degan Hajas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda korxona tashkil etish uchun qo‘llanma sifatida Turkiyadagi kompaniya tomonidan amalga oshirilgan Tofa? loyihasidan foydalanish taklif qilinmoqda.

Tofa? — yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi turk kompaniyasi. Kompaniya Fiat Chrysler Automobiles hamda Ko? Holding’ga tegishli. U Turkiyada ham yengil avtomobillar, ham yengil tijorat transport vositalarini ishlab chiqaradigan yagona avtomobil ishlab chiqaruvchidir. Unda avtomobillar Tofa? Fiat, Citroen, Peugeot, Opel va Vauxhall brendlari ostida ishlab chiqaradi.

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekiston Fiat brendi ostida Tipo, Fiorino va Doblo modellarini ishlab chiqaradigan ikkinchi korxona tashkil qilish uchun eng maqbul joy sifatida qaralmoqda.

“Bundan tashqari, Tofa? 2021-yilda krossoverlar ishlab chiqarishni boshlamoqchi va kelajakda O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan pikap modelini ishlab chiqish ustida ishlamoqda”, —degan Hajas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют