» » Sog‘liqni saqlash vazirligi: Autsorsing tizimiga o‘tish — o‘limga qarshi kurashning muhim sharti

Sog‘liqni saqlash vazirligi: Autsorsing tizimiga o‘tish — o‘limga qarshi kurashning muhim sharti


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari idora tizimidagi eng muammoviy sohalarda autsorsing tizimini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Kamolxo‘ja Eshnazarovning ta’kidlashicha, autsorsing tizimi aksariyat rivojlangan davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan.

“Isroil, Germaniya davlatlarida bo‘lganimda, menga hatto kotibasi autsorsing tizimi asosida kelib ishlayotganini aytishdi. To‘g‘rida, shifokorning asosiy va yagona vazifasi odamlarni davolashdan iborat bo‘lishi kerak. U kommunal xizmatlariga qanday haq to‘lashi, xonasini kim tozalashi, ko‘chani kim supurishi, kasalxonani kim qo‘riqlashi yoki dorilarni kim olib kelib berishi haqida bosh qotirmasligi lozim”, — deb tushuntiradi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

Shu bois, sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish ishlarini ushbu sohada birlamchi ahamiyatga ega yo‘nalishlardan boshlashga kelishib olingan.

“Tibbiyot sohasidagi eng muammoli nuqtalarni tanlab oldik. O‘lim ko‘rsatkichlariga eng ko‘p olib kelayotgan, aholining yashash muddatini uzoqlashtira oladigan, eng ko‘p moliyaviy mablag‘ talab qilayotgan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, hududlarning ehtiyojlarini eng ko‘p og‘ir ahvolga olib kelib qo‘yadigan yo‘nalishlar shular jumlasidan. Bular ichida eng muammolisi — gemodializ xizmati ekan. Sababi, bugungi kunda gemodializ xizmatiga boradigan bemorlarga ikki barobar kam xizmat ko‘rsatiladi. Bir martalik gemodializni bitta bemorga to‘rt marotaba ishlatyapmiz — bemorlarning o‘rtacha yashash umri 5 yildan oshmaydi. Dunyo bo‘yicha bu ko‘rsatkich 10 yildan yuqori”, — deya Eshnazarov autsorsing tizimining istiqbolini tushuntirdi.

Ushbu tadbirlarni bajarish maqsadida, “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing xizmatlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Sentabr oyi oxirigacha qaror tasdiqlansa, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida autsorsingga o‘tish ishlari boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют