» » Harbiy-ma’muriy sektorlar xarajatlari qanday moliyalashtiriladi?

Harbiy-ma’muriy sektorlar xarajatlari qanday moliyalashtiriladi?


Harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar beradi Norma.

Jamg‘arma 2018-yil avgust oyida tashkil etilgan. Unga Qoraqalpog‘iston byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari daromadining oshirib bajarilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘sh qoldiqlari summasidan 10 foizgacha miqdordagi ajratmalar o‘tkaziladi. Ajratmalar I—III choraklar yakunlari bo‘yicha byudjetlar daromadining oshirib bajarilgan bo‘sh qoldiqlari aniqlangandan so‘ng hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay o‘tkaziladi.

Ajratmalar summasining yarmi Moliya vazirligining alohida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadi va keyinchalik Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda taqsimlanadi. Ikkinchi yarmi esa Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda xarajatlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va hokimliklarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida qoldiriladi.

Pul mablag‘lari Jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan so‘ng, hisobot choragi yakunlanganidan keyin 45 kundan kechikmay o‘tkazilgan pul mablag‘larining miqdori to‘g‘risida mudofaa idorasiga xabar qilinadi.

Jamg‘arma mablag‘lari:

Mudofaa vazirligi bilan kelishmasdan yoki qonunchilikda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish taqiqlanadi. Mablag‘larning tushishi va ulardan foydalanish ustidan qat’iy nazorat, hisobot va javobgarlik belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют