» » “O‘zvinosanoat-xolding” Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini moliyalashtiradi

“O‘zvinosanoat-xolding” Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini moliyalashtiradi


Vazirlar Mahkamasining 1-noyabrdagi qaroriga asosan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining nizomi, jamg‘arma Kengashining tarkibi hamda ijrochi direksiyasining tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Nizom bilan Jamg‘armaning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, faoliyatini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibiga aniqlik kiritildi.

Jamg‘armaning funksiyalari quyidagilardan iborat:

Jamg‘armani Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ijrochi direktor boshqaradi. Jamg‘arma Kengashi Jamg‘armaning yuqori organi hisoblanadi, uning shaxsiy tarkibi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.

Jamg‘arma huzurida madaniyat va san’at arboblaridan tashkil topgan Vasiylik kengashi va Ekspert kengash tashkil etilishi mumkin.

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Shu tariqa, mablag‘larni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasini va Jamg‘armaning ijrochi direksiyasini ta’minlash xarajatlari qoplangandan so‘ng Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltiriladi:

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 6-noyabrda kuchga kirdi.

Опубликовано: admin (9-11-2017, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют