» » O‘zbekiston — Qatar. Mehmonlar Toshkentda faqat mag‘lub bo‘lgan. Samvel Babayan buni davom ettira oladimi?

O‘zbekiston — Qatar. Mehmonlar Toshkentda faqat mag‘lub bo‘lgan. Samvel Babayan buni davom ettira oladimi?


O‘zbekiston va Qatar terma jamoalarining o‘zaro o‘yinlari statistikasi “Championat.asia” saytida ko‘rinish berdi.

Statistika ustunlik O‘zbekiston terma jamoasi tomonida ekanini ko‘rsatib turibdi. Qanday masshtabdagi o‘yin bo‘lmasin, qatarliklar Toshkentda faqat mag‘lub etilgan. Jahon chempionati saralashlarining so‘nggi ikkitasida qatarliklar sharmandali mag‘lubiyatlar bilan qaytib ketgan.

Mundial yo‘lida Qatar terma jamoasi O‘zbekistonga raqib bo‘lishda rekordchi hisoblanadi. Yaponiya va Janubiy Koreya, JAR, Braziliya va mana endi Rossiya mundiali yo‘lida mazkur ikki terma raqobat hosil qilgan.

Statistikaga ko‘ra, qatarliklar JCh saralashida faqatgina bir marta zafar quchgan. Rauf Inileyev boshchilik qilgan davrda o‘zbekistonliklar Dohadan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgan. Javob o‘yinida jamoani Qosimov boshqargan va dastlabki mag‘lubiyat uchun revansh olingan — 4:0.

Bu ustunlik bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda hech qanday ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Qolaversa, Samvel Babayan boshchilik qilayotgan davrda ham O‘zbekiston Qatarni safarda taslim qilishni uddalay olgandi — 1:0.

26.08.2001. O‘zbekiston — Qatar 2:1 (JCh—2002 saralashi, Toshkent)
28.09.2001. Qatar — O‘zbekiston 2:2 (JCh—2002 saralashi, Doha)
06.09.2008. Qatar — O‘zbekiston 3:0 (JCh—2010 saralashi, Doha)
28.03.2009. O‘zbekiston — Qatar 4:0 (JCh—2010 saralashi Toshkent)
16.10.2012. Qatar — O‘zbekiston 0:1 (JCh—2014 saralashi, Doha)
18.06.2013. O‘zbekiston — Qatar 5:1 (JCh—2014 saralashi, Toshkent)
06.09.2016. Qatar — O‘zbekiston 0:1 (JCh—2018 saralashi, Doxa)

Osiyo kubogi saralashida O‘zbekiston va Qatar bitta musobaqa uchun ikki marta raqib bo‘lgan. Bu borada kuchlar deyarli teng.

01.03.2006. Qatar — O‘zbekiston 2:1 (OK—2007 saralashi, Doha)
15.11.2006. O‘zbekiston — Qatar 2:0 (OK—2007 saralashi, Toshkent)

Qit’aning eng nufuzli turnirida qatarliklar O‘zbekistonni taslim qilishning uddasidan chiqa olmagan. Livanda bo‘lib o‘tgan 2000-yilgi Osiyo kubogida Mirjalol Qosimovning jarimadan urgan goli O‘zbekiston termasiga 1 ochko taqdim etgan. 11 yildan so‘ng Qatarning o‘zida o‘tgan Osiyo kubogining ochilish o‘yinida esa Vadim Abramov shogirdlari tarixiy g‘alabaga erishgan.

14.10.2000. O‘zbekiston — Qatar 1:1 (OK—2000, Sayda)
07.01.2011. Qatar — O‘zbekiston 0:2 (OK—2011, Doha)

Rasmiy o‘yinlar har ikki termani bezdirib yuborganmi yoki yo‘q — aniq emas. Har xolda o‘rtoqlik o‘yini bor-yo‘g‘i 1 ta. Ha deganda zafar quchavermaydigan Qatar, o‘rtoqlik o‘yinlariga bepisand qaraydigan O‘zbekiston termasini yirik hisobda mag‘lub etgan.

06.10.2014. Qatar — O‘zbekiston 3:0 (O‘rtoqlik uchrashuvi, Doha).

Опубликовано: admin (28-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют