» » Qo‘qon shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qo‘qon universiteti tashkil etildi

Qo‘qon shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qo‘qon universiteti tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasi Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qaror bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Da Vinci” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Qo‘qon shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

Muassisning quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi:

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitet ta’lim jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiradi.

Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim faoliyati 2019—2020-o‘quv yilidan boshlanadi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

2022-yil 1-avgustga qadar:

Universitet barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan;

Universitetga jalb etiladigan xorijiy professor-o‘kituvchilar va mutaxassislar yagona ijtimoiy to‘lovni va jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lashdan;

Universitetni jihozlash va faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar (shu jumladan laboratoriya uskunalari), kompyuter texnikasi, elektron doskalar, proyektorlar, multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, qurilish materiallari va inventar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют