» » Kianu Rivz rasman “Matritsa” filmiga qaytadigan bo‘ldi

Kianu Rivz rasman “Matritsa” filmiga qaytadigan bo‘ldi


Warner Bros. Pictures tomonidan suratga olinadigan “Matritsa” filmining to‘rtinchi qismida bosh rollarni Kianu Rivz va Kerri-Enn Mos ijro etishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Tengrinews.

“#Matrix4 rasman Kianu Rivz bilan ishlamoqda va orginal jamoaning bir qismini qayta yig‘adi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lana Vachovski film ssenariysini yozgan va unga o‘zi rejissorlik qiladi. To‘rtinchi film nima haqida bo‘lishi hozircha noma’lum.

“Matritsa” — ilmiy-fantastik jangari film bo‘lib, aka-uka Vachovskilar tomonidan suratga olingan. Filmda Kianu Rivz, Lourens Fishborn, Kerri-Enn Moss va Vyugo Uiving bosh rollarni ijro etgan. 1999-yilda katta ekranlarga chiqqan film butun dunyo bo‘yicha katta shuhrat qozongan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют