» » Navoiyda bemor bola uchun plastik kartaga yig‘ilgan pullar o‘g‘irlandi

Navoiyda bemor bola uchun plastik kartaga yig‘ilgan pullar o‘g‘irlandi


Navoiyda bemor qiz uchun plastik kartaga yig‘ilgan 6 million so‘mdan ortiq pullar o‘g‘irlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytiladi.

2019-yil 19-iyul kuni Navoiy shahrida Gulbog‘ ko‘chasida yashovchi 48 yoshli J.P. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 3-iyuldan 4-iyulga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning 12 yoshli qizi G.A.ning sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam kerakligi to‘g‘risida Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Bemor bolajon” kanaliga bergan e’loni bilan tanishib +99890-362-**-** telefon raqamidan J.P.ga qo‘ng‘iroq qilib, qizining sog‘lig‘ini tiklash uchun o‘z hisobidan pul mablag‘larini xayriya qilmoqchiligini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirganini va undan plastik kartasi maxfiy kodini olib kartasidan 6 090 300 so‘m pulini yechib olganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agarda sizga xayriya qilish maqsadida yoki turli internet saytlari orqali arzon narxdagi mahsulotlarni sotib olishni aytib, bank hisob raqamingiz, plastik kartochkangizning raqamlarini so‘ragan shaxslarga hisob raqamlaringiz va plastik kartochkangizning maxfiy kodlarini taqdim qilmang! Shu kabi holatlar avval ham yuz bergani bois biz bu haqida saytimiz orqali ogohlantirgan edik. Bu albatta moliyaviy xavfsizligingizning garovidir”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют