» » Indoneziyaning tartibsizlik avj olgan sharqiy qismiga qariyb 1000 nafar harbiy va politsiya jo‘natildi

Indoneziyaning tartibsizlik avj olgan sharqiy qismiga qariyb 1000 nafar harbiy va politsiya jo‘natildi


Indoneziya hukumati ikki provinsiyadagi shaharlarda ommaviy norozilik yuzaga kelganidan so‘ng  jamoat tartibini tiklash maqsadida mamlakat sharqiga qo‘shimcha ravishda 1000 nafar politsiya va harbiylarni yo‘naltirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Huquq-tartibot organlarining rasmiy vakili Dedi Prasetioning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Papua va G‘arbiy Papua provinsiyalariga yana kamida 5 ta maxsus kuchlar bo‘linmalari yuboriladi.

Norozilik kelib chiqishiga, 18-avgust kuni mamlakatdagi kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Surabaya shahrida sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, yirik etnik guruh vakillari hisoblanuvchi yavaliklar Papua va G‘arbiy Papua provinsiyalaridan kelgan talabalarni haqoratlab, so‘ng kaltaklagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, papualiklar Mustaqillik kuni deb belgilangan 17-avgustni nishonlashni xohlamagan va milliy bayroqlarni yirtgan.

Mavzuga doir: Indoneziyadagi qamoqxonadan 258 nafar mahbus qochdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют