» » Samarqandda aliment to‘lamagani uchun 5 marta sudlangan ayolga yana jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda aliment to‘lamagani uchun 5 marta sudlangan ayolga yana jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqandda aliment to‘lashdan muttasil bo‘yin tovlab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Zarnews.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor Z.R. tomonidan undiruvchi Z.T.ning foydasiga to‘rt nafar farzandining voyaga yetgunlariga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.

Qarzdor Z.R. ya’ni bolalarning onasi muqaddam besh marotaba Jinoyat Kodeksining 122-moddasi bilan sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Shu sababli, Urgut tuman ma’muriy sudining qarori bilan Z.R.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasi bilan eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shundan so‘ng ham fuqaro Z.R. tayinlangan ma’muriy jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan qasddan muttasil bo‘yin tovlab kelgan. Bugungi kunda uning aliment to‘lovlaridagi qarzdorligi 6 million 977 ming so‘mni tashkil etgan.

Ushbu holat yuzasidan Byuroning Urgut tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Z.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 4 nafar farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют