» » Andijon shahar hokimi ishdan olinadi. Ertaga uning o‘rniga yangi hokim saylanadi

Andijon shahar hokimi ishdan olinadi. Ertaga uning o‘rniga yangi hokim saylanadi


O‘zining so‘qong‘ichligi bilan mashhur bo‘lgan va 2018-yilning aprelida Bosh vazir tomonidan oxirgi marta ogohlantirilgan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev ishdan olinadi. Bu haqda ertaga, 26-avgust, dushanba kuni o‘taziladigan xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilinadi, deya xabar bermoqda “Daryo” manbasi viloyat hokimligi vakillariga tayanib.

Viloyat hokimligining ismi sir qolishini so‘ragan manbaning ma’lum qilishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirok etishi kutilayotgan navbatdan tashqari sessiya Andijon shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilinadi va shaharning yangi hokimi tanishtiriladi.

Ma’lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan. 2016-yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi.

U 2017-yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan so‘ng internetda mashhur bo‘lgandi va o‘sha yilning dekabr oyida sud hukmi bilan eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Shundan so‘ng u 2018-yilning aprelida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun, byudjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun bosh vazir tomonidan hayfsan olgan hamda oxirgi marotaba ogohlantirilgan edi.

Shahar hokimligida ishlovchi manbalarning aytishicha, hokim shanba kuni xonasidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha narsalarni yig‘ishtirib olib chiqib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 18:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют