» » Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldoshi orqali birinchi tvitni yubordi

Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldoshi orqali birinchi tvitni yubordi


SpaceX kompaniyasi asoschisi, amerikalik IT-tadbirkor Ilon Mask Starlink global internetini tarqatishga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh tarmoqlari orqali o‘zining birinchi tvitini yubordi, deb xabar beradi Meduza.

“Ushbu tvitni Starlink sun’iy yo‘ldoshi orqali yubormoqdaman”, — deb yozadi Mask Twitter’dagi sahifasiga. Undan keyingi xabarda esa “Ishladi”, deb yozilgan.

Starlink — SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan global internet dasturi bo‘lib, uning doirasida yer orbitasiga 42 mingta kichik o‘lchamli sun’iy yo‘ldoshlar uchiriladi. Mazkur sun’iy yo‘ldoshlar butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi internetni tarqatishga yordam beradi. Dastlabki 60 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari 2019-yilning may oyida orbitaga uchirilgan edi. 2020-yildan boshlab Starlink AQSh janubida ishlay boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют