Xitoylik aktyor Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratishlari uchun 1 mln yuan mablag' ajratdi…
Hozirgi kunda Gollivudda ijod qilayotgan xitoylik mashhur aktyor, sportchi, rejissyor Jeki Chan o'z vatanida ko'pchilikning o'limiga sababchi bo'lgan, minglab odamlarning tinchini buzgan pnevmoniya ko'rinishidagi koronavirusga qarshi vaksina yaratishlari uchun shaxsiy jamg'armasidan 1 million yuan ajratdi. Aktyorning gapiga qaraganda, 1 million yuan uning uchun katta pul emas.
— Men vatanimdagi ko'chalar kimsasiz qolib ketganini ko'rib yig'ladim, — deydi aktyor. — Hamma xafa, bezovta, ayollar, qizlar yig'lamoqda. Har kuni xonadonlarda o'lim xavfi izg'imoqda. Istardimki, tezroq o'sha vaksinani yaratishsa-yu, Xitoy ko'chalari yana odamga to'lsa. Butun dunyoda yana tabassum, kulgi, xursandchilik, salomatlik hukm sura boshlasa. Agar shu vaksinani yaratishsa, men yaratuvchilarni shaxsan mukofotlayman.
Jagngir Otajonovning "Fa-fa" Taronasi Ustida ishlamoqda (+ Video)
Ma'lumki, Jahongir Otajonov ijtimoiy tarmoq biznesida juda ko'p munozaralarga sabab bo'lgan. U allaqachon qo'yib yuborilgan. Endi u gastrol safari paytida "Fa-Fah" qo'shig'ini kuylamoqchi.
Nukusda sotuvchisi yo'q, antiqa suv sotish qurilmasi ishga tushdi
Nukus shahrida sotuvchisi yo'q, tozalangan suv sotish qurilmasi ishga tushdi. Bu haqda Kruz xabar bermoqda.
Ushbu qurilmaning antiqaligi shundaki, tozalangan suvni do'konlardagi kabi sotuvchilar sotib o'tirishmaydi. Pulingiz va suv soladigan idishingiz bo'lsa bas. Qurilmada yozilishicha, 1 litr tozalangan suv 200 so'm ekan.
Faqat qurilma 200 so'mlik kupyuralarni qabul qilmaydi va qaytim ham qaytarmaydi. Qurilma faqat 500 so'm, 1000 so'm va 5000 so'mlik kupyuralarni qabul qiladi.
Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi
Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi, deyiladi messenjerning rasmiy saytida.
Xabarda ta`kidlanishicha, agar messenjer mamlakat bo'lganida u dunyoda aholi soniga ko'ra oltinchi eng katta davlat bo'lardi.
"Biz odamlarga so'zsiz ishonadigan bir paytda 200 million odam ham bizga xuddi shunday ishonar ekan", - deyiladi relizda.
Telegram — matn va fayllar bilan almashish imkonini beruvchi, smartfonlar uchun bepul messenjer. Dastur xorijiy bozorlarga mo'ljallangan bo'lib, ingliz tilida ishlangan. Servis 2013 yilda ishga tushirilgan.
Facebook video orqali pul ishlash imkonini yaratmoqda
Obuna oyiga 4,99 dollar turadi, deb xabar qildi Recode nashri manbalarga tayanmagan holda. Video muallifi bu summadan 3,5 dollarni oladi – qolgan foiz Apple va Google’ga o'z platformalarida tranzaksiyalar o'tkazilgani uchun beriladi.
Recode’ning ta`kidlashicha, ijtimoiy tarmoq video mualliflari YouTube’ga o'tib ketmasliklari uchun obunalarni tashkil qilmoqda. Nashr ma`lumotiga ko'ra, yangi funksiyani sinovdan o'tkazish aprel oyi o'rtalarida boshlanadi. Dastlab obunalar faqat video mualliflarining cheklangan doirasiga taqdim etiladi, deya ma`lum qilishgan Facebook’dan.
График отключений горячей воды в Ташкенте
Телеком-операторы переходят на сумы и зафиксируют цены
Узбекистан обеспокоен ядерными испытаниями КНДР
Президент подписал указ о либерализации валютной политики
Президенты Узбекистана и Турции провели телефонный разговор
«Наш народ — созидатель и творец всех наших успехов» — Шавкат Мирзиёев
Памятник Исламу Каримову открыт в Самарканде
Новый развлекательный парк «Дустлик» открыт в Яшнабадском районе
Будущее трамвая в Ташкенте оказалось под вопросом.
С праздником Навруз!
С праздником, дорогие защитники Отечества!
Ушел из жизни народный артист Узбекистана Обид Юнусов
Архитектурное проектирование домов
Как аэробная активность решила мои проблемы со сном
