» » Qamchiq dovonida YTHga uchragan yuk mashinalari evakuatsiya qilindi

Qamchiq dovonida YTHga uchragan yuk mashinalari evakuatsiya qilindi


29-yanvar, chorshanba kuni Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in–qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o‘tgan avtomobil yo‘lining 233,7-kilometrida Farg‘ona—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan “SAMS” rusumli yuk mashinasi yo‘l qoidalariga amal qilmagan va yo‘l o‘rtasidagi metall to‘siqqa qisilib qolgani haqida xabar kelib tushgan. Bundan tashqari, yana bir yuk mashinasining boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘lining qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketganligi to‘g‘risida murojaat qabul qilingan. Keyinchalik ushbu transportning Qirg‘iziston Respublikasiga qarashli DAF rusumli yuk mashinasi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Ikki holatda ham hodisa oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan, deb yozmoqda FVV.

“Mazkur xabar yuzasidan, yo‘l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish, xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida Qamchiq dovonidagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 20 nafardan ortiq xodim, Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining 10 dan ortiq qutqaruvchisi va 5 ta maxsus texnika voqea joyiga yetib bordi. Maxsus asbob-anjomlar yordamida metall to‘siqlar kesib olinib, ikkala yuk mashinasi ham xavfsiz hududga evakuatsiya qilinib, yo‘l harakatlari qayta tiklangan”, — deyilgan xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют