» » Farg’ona viloyatining Quvasoy hamda Marg‘ilon shahri hokimlari o‘zgardi

Farg’ona viloyatining Quvasoy hamda Marg‘ilon shahri hokimlari o‘zgardi


Farg‘ona viloyatining Quvasoy hamda Marg‘ilon shahri hokimlari o‘zgardi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov xabar bermoqda.

Bugun, 4-aprel kuni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Adhamjon Ziyavitdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Ayni vaqtga qadar viloyat uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan Ravshan Rahimjonov esa Quvasoy shahar hokimi etib tayinlangan.

Shuningdek, bugun xalq deputatlari Marg‘ilon shahar kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi ham bo‘lib o‘tgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Mirzohid Ubaydullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Va shu kunga qadar Quvasoy shahriga hokimlik qilgan Adham Ziyavitdinov Marg‘ilon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Marg‘ilon shahrining sobiq hokimi Mirzohid Ubaydullayev qaysi ishga o‘tgani hozircha noma’lum.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют