» » Ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida tizimda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida tizimda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi


Ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida Toshkent shahar Tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i, Jizzax viloyati Zomin tumani IIO FMB boshlig‘i, Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i, Pastdarg‘om tumani IIB boshlig‘i, Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar IIB boshlig‘i kabi lavozimlarga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Farhod To‘ychiyev Jizzax viloyati Zomin tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar To‘ychiyev Jizzax viloyati Zomin tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Avval Sirdaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan polkovnik Farhod Shayzokov Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Tayinlovgacha Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Otabek Jalilov Samarqand viloyati Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Ravshan Davirov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Davirov Samarqand viloyati IIB 38-son manzil koloniyasi boshlig‘ining tezkor-qidiruv, tartibot va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Toshkent viloyati Toshkent tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan mayor Xayriddin Azizov Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U ushbu tayinlovga qadar IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avval ham IIV tizimida bir nechta tayinlovlar amalga oshirilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют