» » Arsen Venger: Messi va Ronaldu davri nihoyasiga yetmoqda

Arsen Venger: Messi va Ronaldu davri nihoyasiga yetmoqda


“Arsenal” sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar kelajakda Lionel Messi hamda Krishtianu Ronalduning o‘rnini egallashiga ishonishini aytdi.

“Biz hech qachon Messi va Ronaldu kabi futbolchilarni ko‘rmaganmiz, ular istalgan qiyin vaziyatdan chiqib ketishni biladi. Biroq mazkur futbolchilarning davri tugamoqda.

Endi biz keyingi avlod haqida gapirsak bo‘ladi va bu yerda birinchi planga fransiyalik futbolchilar chiqishi mumkin. Ayni damda Mbappe yetakchiga aylanishi mumkin. Va, albatta, Neymarni ham yoddan chiqarmaslik kerak”, — deydi Venger.

Argentinalik futbolchi faoliyati mobaynida olti marta “Oltin to‘p”ga ega chiqqan, Ronalduda esa mazkur sovrin beshta. So‘nggi 12 yil ichida faqatgina Luka Modrich (“Real”) “Oltin to‘p” uchun kurashda Leo va Krishtianuni ortda qoldirishga erishgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют