» » Ford F-600 bazasida yaratilgan 60 yillik xot-rod auksionga qo‘yildi (foto)

Ford F-600 bazasida yaratilgan 60 yillik xot-rod auksionga qo‘yildi (foto)


eBay’da Ford F-600 yuk mashinasi bazasida yaratilgan xot-rod sotuvga qo‘yildi. Mashina uchun so‘nggi taklif etilgan narx 25,5 ming dollarni tashkil etmoqda, kimoshdi savdolari esa bir oydan so‘ng yakunlanadi.

Braziliyada 1959-yilda yig‘ilgan Ford F-600 modeliga dastlab sakkiz silindrga ega 4,8 litrli Ford Y-Block dvigateli o‘rnatilgan.

Hozirda esa 60 yoshli avtomobilni Amerikaning Detroit Diesel kompaniyasiga tegishli olti silindrli 6V53T motori harakatga keltiradi. U to‘rt pog‘onali Allison transmissiyasi yordamida boshqariladi. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, xot-rodning maksimal tezligi soatiga 88,5 kilometrga teng.

Yuk mashinasi romlari kuchaytirilgan, yangi tormoz tizimiga va 15 litrli yog‘ilg‘i bakiga ega bo‘lgan. Faralaridan boshqa barcha optikasida yorug‘lik diodlardan foydalanilgan.

Biroq xot-rodning muhim bir detali yetishmaydi: spidometr. Sotuvchi nima sababdan u olib tashlangani va nega yangisi o‘rnatilmaganini izohlamagan. Buning o‘rniga u mashinaning yangi egasiga Google Maps navigator kabi maxsus ilovadan foydalangan holda uning tezligini o‘lchab ko‘rishni maslahat bergan.

Mavzuga doir: Telefon budkasi ko‘rinishidagi kabinaga ega xot-rod auksionga qo‘yildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют