» » Krishtianu Ronaldu APL, La Liga va A Seriyada 50 tadan ko‘proq gol urgan ilk futbolchiga aylandi

Krishtianu Ronaldu APL, La Liga va A Seriyada 50 tadan ko‘proq gol urgan ilk futbolchiga aylandi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 34-turidan o‘rin olgan “Latsio”ga qarshi o‘yinda (2:1) o‘z nomiga dublni rasmiylashtirib qo‘ydi.

35 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun bu Italiya chempionatidagi 50 va 51-gollar (o‘tgan mavsumda 21 ta, joriy mavsumda esa 30 ta gol urgan) bo‘ldi.

Shu tariqa Ronaldu Angliya Premyer Ligasi, Ispaniya La Ligasi va Italiya A Seriyasida 50 va undan ko‘proq gol urgan ilk futbolchiga aylandi. U milliy chempionatlar doirasida “Manchester Yunayted” safida 84 ta, “Real” safida 311 ta, “Yuventus”da esa 51 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ronaldu joriy mavsumda A Seriyada 30 ta goli bilan to‘purarlar ro‘yxatida “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Immobilening hisobida ham 30 ta gol bor.

Ronalduning “Yuventus” safidagi dastlabki 50 ta golini tomosha qiling (ko‘rish)

Mavzuga doir: Brunu Fernandesh: “Ronaldu — men ko‘rgan texnikasi eng kuchli futbolchi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют