» » O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Qirg‘izistondan o‘tib ketdi

O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Qirg‘izistondan o‘tib ketdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 9-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra 44 781 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bu bilan O‘zbekiston dunyo ro‘yxatida Qirg‘izistonni ortda qoldirib, 60-o‘ringa ko‘tarildi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 613 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning 40 336 nafari sog‘aygan, 1061 nafari vafot etgan.

O‘zbekistonda esa koronavirusdan sog‘ayganlar 42 162 nafarga yetgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha 378 kishi vafot etgan.

Universitet bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 27 610 660 nafarga yetgan. Bemorlarning 18 566 119 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Mazvuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 27 mln nafardan oshdi

Umumiy ro‘yxatda kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (6 328 099) yetakchilik qilmoqda. Undan so‘ng Hindiston va Braziliya o‘rin olgan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha Braziliya dunyo ro‘yxatida yetakchi bo‘lib turibdi. Bu mamlakatda 3 572 421 kishi koronavirusdan forig‘ bo‘lgan. Ro‘yxatda Braziliyadan keyin Hindiston (3 398 844 ) va AQSh (2 359 111) joy olgan.

Koronavirus oqibatida o‘lim holati eng ko‘p AQShda (189 699) qayd etilgan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Braziliya (127 464) va Hindiston (73 890) qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют