» » “Oltin to‘p” uchun da’vogarlarning 15 tasi ma’lum. France Football Messi va Ronalduni e’lon qilmadi

“Oltin to‘p” uchun da’vogarlarning 15 tasi ma’lum. France Football Messi va Ronalduni e’lon qilmadi


Fransiyaning France Football nashri navbatdagi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini bosqichma-bosqich e’lon qilib kelmoqda.

Hozirgacha e’lon qilinganlar soni 15 nafarga yetdi. Ular orasida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi nomi yo‘q. Katta ehtimol bilan asosiy da’vogarlar bo‘lgan mazkur ikki futbolchi nomi biroz keyinroq ko‘rsatiladi.

Quyida “Oltin to‘p”ni yutish uchun da’vogarlar ko‘rsatib o‘tilgan: Neymar, Luka Modrich, Paulo Dibala, Marselo, Ngolo Kante, Luis Suares, Serxio Ramos, Yan Oblak, Filippe Koutinyo, Dris Mertens, Kevin de Bryuyne, Robert Levandovski, David De Xea, Harri Keyn, Edin Jeko.

So‘nggi 9 yildan buyon “Oltin to‘p” faqatgina ikki futbolchi — Messi hamda Ronalduga nasib qiladi. Argentinalik hujumchi 5 bor uni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Krishtianu Ronalduda sovrinlar soni 4 tani tashkil qiladi. La Liga chempionligi va Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibligi sabab Ronaldu sovrinlar sonini tenglashtirib olishi ham mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют