» » Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi aviareyslar ochiladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi aviareyslar ochiladi


Toshkentdan Olmaota va Ostonaga borib-kelish muntazam reyslari ko‘paytiriladi. Bundan tashqari, Qozog‘iston shaharlaridan O‘zbekistonning Urgancha, Buxoro va Samarqand kabi tarixiy shaharlariga yangi yo‘nalishlarni ochish masalalari ko‘rib chiqilmoqda, deb yozadi “Kommersant.uz” “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Eyr Astana” aviakompaniyalari rahbariyatlari uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarga tayanib.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasidagi yo‘lovchilar tashuvlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, “Eyr Astana” AJ havo kemalarini Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi bazasida texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash hamda qozog‘istonlik uchuvchilarni MAK Trenajyor majmuasida tayyorlash bo‘yicha hamkorlik jihatlari ko‘rib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 127) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют