» » It fransiyalik yahudiy oilani yong‘indan qutqarib qoldi

It fransiyalik yahudiy oilani yong‘indan qutqarib qoldi


Fransiya poytaxti yaqinidagi Kretey shahrida it yahudiylar oilasini yong‘indan qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda Tablet Mag.

Hodisa 4-noyabr kuni tunda yuz bergan. Oila a’zolari itning tinimsiz hurishidan uyg‘onib ketgan va nima bo‘layotganini tekshirgan. Ular kirish eshigidan uyga tutun kirayotganini ko‘rgan.

Antisemitizmga qarshi kurash milliy byurosining xabariga ko‘ra, noma’lum kishi eshikka tez yonuvchan suyuqlik sepgan va keyin uni yoqqan.

Yong‘inda gumonlanib, oilaning arab qo‘shnisi qo‘lga olingan. U ijtimoiy tarmoqda bir necha marta antisemitizm ruhidagi post qoldirgan.

Ta’kidlanishicha, bir hafta avval noma’lum shaxs xuddi shu oilaning avtomobilini yoqib yuborgan.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют