» » Alisher Usmonovning jamg‘armasi “MISiS” universitetiga 1,7 million dollar xayriya qildi

Alisher Usmonovning jamg‘armasi “MISiS” universitetiga 1,7 million dollar xayriya qildi


Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga tegishli “San’at, ilm-fan va sport” xayriya jamg‘armasi Moskvadagi “MISiS” texnologiyalar milliy tadqiqot universitetining jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 100 million rubl (1,7 million dollarga yaqin) kiritdi, deb xabar berdi universitet matbuot xizmati.

Buning natijasida “MISiS” jamg‘armasidagi mablag‘lar 230 million rublga (salkam 4 million dollar) yetdi, bu esa uni Rossiyadagi yirik sarmoyaga ega oliy ta’lim mussasalari o‘ntaligiga kirishiga yordam beradi.

“Ta’lim va tadqiqot sifati — buyuk mamlakat kelajagining garovidir. Shu sababli o‘zimga yaqin bo‘lgan tog‘-metallurgiya sohasidagi ilmiy-ma’rifiy loyihalar men uchun birlamchi ahamiyatga ega”, — dedi Alisher Usmonov. Tadbirkor, mamlakatdagi eng yaxshi texnika universitetlardan birini qo‘llab-quvvatlayotganidan xursand ekanligini bildirdi.

“MISiS” universiteti 2018-yilda o‘zining 100 yilligini nishonlaydi. “Yillik daromad ta’lim va ilm-fanda muvaffaqiyatga erishgan iqtidorli talabalarni, shuningdek infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi”, — dedi universitet rektori Alevtin Chernikov.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют