» » Efiopiyada barcha siyosiy mahbuslar ozod etiladi

Efiopiyada barcha siyosiy mahbuslar ozod etiladi


Efiopiya hukumati siyosiy sabablarga ko‘ra mahkum etilgan barcha mahbuslarni ozod qilish niyatida. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Xaylemariam Desalenga asoslanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Siyosiy mahbuslar — ham jinoiy javobgarlikka tortilganlar, ham hozirda qamoqda bo‘lganlar — afv etiladi yoki ularning ishi yopiladi”, — deydi Efiopiya hukumati rahbari. Biroq u mahbuslarning sonini, ozod etilish sanasini va boshqa batafsil ma’lumotlarni oshkor etmadi.

Shuningdek, Desalen ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan mashhur Maykelavi qamoqxonasining yopilishini ham ma’lum qildi. Uning o‘rnida tarixiy muzey qad rostlaydi.

Efiopiya hukumati birinchi marta siyosiy mahburlar borligini rasman tan oldi. 2015-yilning oxirida mamlakatda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan edi. Human Rights Watch ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha oy davom etgan ushbu namoyishlar yuzlab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan. Bundan tashqari o‘n mingdan ortiq odam hibsga olingan, ularning 2000 nafari hamon ozodlikka chiqqanicha yo‘q.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют