» » Toshkent shahar IIBBda maxsus tergov majmuasi ochildi (foto)

Toshkent shahar IIBBda maxsus tergov majmuasi ochildi (foto)


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasida so‘roq jarayonini stenografiya usulida yozib olish, videokuzatuv, shuningdek, audio va video qayd etish tizimi bilan jihozlangan maxsus majmua ochildi. Bu haqda IIBB rasmiy saytida xabar berildi.

Operator xonasi hamda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bevosita so‘roq qilinadigan boshqa xona o‘rtasida Gezell oynasi o‘rnatilgan. Yana bir xona esa bolalar o‘yin maydonchasi ko‘rinishida jihozlangan: bu yerda jinoyatdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan voyaga yetmaganlar so‘roq qilinadi.

Maxsus xonalarning tashkil etilishi fuqarolarning, xususan voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning huquq va erkinliklarini sudga qadar ish yurituvda himoya qilishni kuchaytiradi, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish samaradorligini oshiradi. Gezell oynasi bilan o‘zaro bog‘langan maxsus xonalar gumon qilinuvchining jabrlanuvchi va guvohlar, jumladan, bolalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasini chegaralagan holda so‘roq, shaxsni tanish va boshqa tergov harakatlarini olib borishga imkon yaratadi. Bu esa jinoyat protsessining voyaga yetmagan ishtirokchilarini qaytadan ruhan jarohatlamaslikda muhimdir, deyiladi xabarda.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Ta’kidlanishicha, bu kabi maxsus xonalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli kafolatlarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, tergov qilish jarayonida dalillarni to‘plash va mustahkamlashda dalillar maqbulligi talablariga og‘ishmay va qat’iy rioya qilish, shuningdek jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni bartaraf etishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют