» » iPhone 8’ga sig‘imdor akkumulyator o‘rnatiladi

iPhone 8’ga sig‘imdor akkumulyator o‘rnatiladi


KGI Securities kompaniyasining tahlilchisi Min-Chi Kuo Apple’ga nisbatan prognozlar borasida hech qachon adashmasligi bilan mashhur. Bu safar ekspert iPhone 8 sig‘imi kattalashtirilgan akkumulyatorga ega bo‘lishini aytdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Kuoning ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 8’ga ikki bo‘linmali akkumulyator o‘rnatiladi. Uning sig‘imi iPhone 7 Plus batareyasiniki bilan qiyoslanishi mumkin. iPhone 8 2700 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi, taqqoslash uchun, iPhone 7 batareyasi sig‘imi 1960 mA/soatga teng.

iPhone 8 deganda ekspert ba’zi manbalarda iPhone X deb tilga olingan smartfonni nazarda tutdi. Bu eng qimmatbaho va unumdor variant bo‘lib, iPhone 7s va iPhone 7s Plus bilan birgalikda chiqadi.

Katta akkumulyatorni korpusga sig‘dirish uchun, Kuo ta’kidlashicha, Apple ixcham tizim platasi dizaynini ishlab chiqdi. Bunday qaror detallar narxini oshirdi, ammo ikki bo‘linmali akkumulyatorni qo‘llash imkonini berdi.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют