» » Qo‘shrabotdagi oilaviy janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

Qo‘shrabotdagi oilaviy janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi


Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 13-noyabr kuni Bulo mahallasida yashagan 32 yoshli F.K. tan jarohati bilan behush holda kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 15-noyabr kuni vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yilning 9-noyabr kuni marhum F.K. uyida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i Yu.Ya. bilan o‘zaro janjallashayotgan vaqtlarida shu mahallada yashovchi U.O‘. ularni ajratmoqchi bo‘lib, tog‘asi F.K.ning orqasidan itarib yuborishi natijasida u boshi bilan temir krovatga urilib jarohat olgan.

13-noyabr kuni esa F.K. turmush o‘rtog‘i Yu.Ya. bilan takroran janjallashgan vaqtlarida ayol erining boshiga tayoq bilan urgan vaqtida hushini yo‘qotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.Ya. va U.O‘.lar ushlangan. “Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют