» » Restorandagi ziyofat avjida 120 kishi pulini to‘lamay, juftakni rostladi

Restorandagi ziyofat avjida 120 kishi pulini to‘lamay, juftakni rostladi


Sharqiy yevropalik bir guruh kishilar Ispaniyadagi restoranda ziyofat uyushtirdi. Tadbirning oxirida mehmonlar 2000 yevrolik hisobni yopmasdan muassasadan qochib ketdi. Bu haqda Leonoticias nashriga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.

Ruminiyalik 120 nafar mehmon 27-fevralda Leon provinsiyasi Bembibre shahridagi “Karmen” restoranida ikki nafar yosh bolaning cho‘qintirish marosimini nishonladi. Mehmonlar gazak, asosiy ovqat va 30 butilka o‘tkir alkogol ichimlik iste’mol qildi. Desert tortilishidan oldin tadbir ishtirokchilarining hammasi raqs tushish bahonasida o‘rnidan turib, restorandan qochib chiqdi va mashinalarga o‘tirib, g‘oyib bo‘ldi.

Restoran egasi Antonio Rodrigesning aytishicha, mehmonlar oldindan kelishgan holda bir daqiqa ichida chiqib ketgan, ofitsiantlardan hech kim ularni to‘xtatib qola olmagan. Ziyofat oldidan mehmonlar 900 yevro to‘lagan, ammo 2000 yevrodan iborat to‘lovning qolgan qismini amalga oshirmasdan qochib ketgan.

Politsiya qidiruv olib bormoqda, biroq Rodrigesning o‘ylashicha, tartibbuzarlarni topish imkoniyati kam. Mehmonlar mahalliy aholi vakillari emas. Buyurtma qilishda esa soxta ismlardan foydalanilgan. Mehmonlar qochib ketgan avtomobillarning raqamlarini hech kim eslab qola olmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют