» » Miraziz Mirzahalilov Osiyo chempionatini qirg‘izistonlik raqibi ustidan g‘alaba bilan boshladi (video)

Miraziz Mirzahalilov Osiyo chempionatini qirg‘izistonlik raqibi ustidan g‘alaba bilan boshladi (video)


20-aprel, shanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida yana bitta jang bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasida -56 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Miraziz Mirzahalilov dastlabki jangida qirg‘izistonlik Almanbet Alibekov ustidan yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq erkaklar o‘rtasida -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik raqibini, -60 kg vazn toifasida esa O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shukurjon Rahimov ilk jangida shimoliy koreyalik Man Cho Cholni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Shiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. -69 kg vazn toifasida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shahnoza Yunusova tojikistonlik bokschi Nilufar Boboyorovani ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют