» » Rossiya ikki nafar shved diplomatini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

Rossiya ikki nafar shved diplomatini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi


Rossiya ikki nafar Shvetsiya diplomatidan mamlakatni tark etishni so‘radi. Bu haqda Shvetsiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati vakili Rasmus Elyanskugga asoslanib, Meduza xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Shvetsiya Rossiya diplomatiga diplomatik vizani uzaytirishdan bosh tortganidan so‘ng sodir bo‘lgan. “Biz Rossiya tashqi ishlar vazirligining qaroridan afsusdamiz”, — deydi Elyanskug.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Shvetsiya diplomatlariga rostdan ham shunday talab qo‘yilganini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni oshkor etmadi.

Rossiya va Shvetsiya o‘rtasidagi munosabatlar rossiyalik diplomat Yevgeniy Umerenko maxsus xizmatlar xodimi ekanligi va Shvetsiya fuqarosini o‘ziga og‘dirishga uringani ma’lum bo‘lganidan so‘ng buzildi. Umerenko Shvetsiyani 2019-yilning martida tark etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют