» » Jeyms Kemeron Qasoskorlarni Titanikni ortda qoldirgani bilan tabrikladi

Jeyms Kemeron Qasoskorlarni Titanikni ortda qoldirgani bilan tabrikladi


Marvel kompaniyasining Qasoskorlar. Intiho filmi ikki hafta davomida toplangan mablaglar 2 milliard dollardan oshdi va kassabopligi boyicha Titanikni ortda qoldirib, 2-oringa chiqib oldi. Bu haqda 112.UA xabar berdi.

Titanik filmining rejissori Jeyms Kemeron Qasoskorlar. Intiho blokbasterining moliyaviy muvaffaqiyatiga havas qildi.

Shuning uchun u ozining Twitter sahifasida chokayotgan Titanik va Qasoskorlar. Intiho logotipi tushirilgan suratni joylagan.

Suratning tagiga esa Kevin va Marveldagi barcha insonlar uchun. Aysberg haqiqiy Titanikni choktirgan edi. Mening Titanikimni esa Qasoskorlar choktirdi. Lightstorm Entertainment studiyasi sizlarni bunday muvaffaqiyat bilan tabriklaydi. Sizlar kino sanoati nafaqt gullab-yashnayotgani, balki avvalgidan ham rivojlanib ketganini korsatdingiz, deb yozilgan.

Eslatib otamiz, Dunyo boyicha namoyish etilgan ushbu film 11 kun davomida 2,189 milliard dollar toplab rekord daraja qayd etdi.

Hozirda Qasoskorlar. Intiho filmi Avatar filmidan song ikkinchi orinda turibdi. Taqqoslash uchun, JeymsKemeronning ushbu filmi 2,788 milliard dollar toplagandi.

Qasoskorlar filmining yakuniy qismi 25-aprel kuni katta ekranlarda namoyish etilgan. Dastlabki uch kundayoq kassaga milliard dollar yigilgan bolib, tarixda kassabopligi jihatidan eng muvaffaqiyatli filmlar qatoridan orin oldi.

Film rejissorlari Entoni va Jo Russo. Ular Marveldagi avvalgi uchta super qahramon filmlari ustida ham ishlagan. Filmda kichik Robert Dauni, Kris Evans, Jeremi Renner, Bri Larson va boshqalar suratga tushgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-05-2019, 14:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -