» » Neron saroyi ostidan maxfiy xona topildi (foto)

Neron saroyi ostidan maxfiy xona topildi (foto)


Arxeologlar Rim imperatori Neronning saroyi ostidan turfa freskalar bilan bezatilgan maxfiy xonani aniqladi, deb xabar beradi National Geographic.

Yer osti xonasining devorlarida jangchilar (ulardan biri kamon, qilich va qalqon bilan qurollanib, raqibi bilan jang qilmoqda), qushlar, raqsga tushayotgan kentavrlar, qadimgi xudolar va afsonaviy mahluqlar tasvirlangan. Freskalardan ma’lum bo‘lishicha, bu joy “Sfinks xonasi” deb nomlangan.

Mazkur topilma “Oltin uy” nomli saroyni ta’mirlash ishlari vaqtida tasodifan ochilgan. Qo‘shni xonada ishlayotgan olimlar narvonga chiqib chiroqni yoqqan, bu esa burchakdagi teshikni ko‘rish imkonini tug‘dirgan.

Xonaning katta qismi hamon yer ostida qolmoqda. Qazishma ishlarini olib borish bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmagan: devorlar holati, namlikning yuqoriligi va boshqa omillar sabab qazishma ishlari davom ettirilsa butun kompleks qulab tushishi mumkin.

“Oltin uy”ni qurish ishlari eramizning 64-yilida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng boshlangan. 68-yilda Neron vafot etgach, hali oxirigacha bitmagan saroy e’tibordan chetda qolib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют