» » Pokistonda masjid portladi, 2 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jabrlandi

Pokistonda masjid portladi, 2 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jabrlandi


Pokistonning Kvetta shahridagi masjid portlashi oqibatida 25 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Portlash 24-may kuni 30—40 kishi masjidda namoz o‘qiyotgan payti sodir etilgan. Voqea joyida ikki kishi halok bo‘lgan.

Kasalxonaga 2 kishining jasadi va 25 nafar jarohatlanganlar keltirilgan. Jabr ko‘rganlar travmatologiya bo‘limida davolanmoqda.

Radio Pakistan’ning xabariga ko‘ra, portlash noma’lum shaxslar tomonidan minbarnign orqasiga qo‘yib ketilgan qo‘lbola  bomba faollashuvi natijasida kelib chiqqan.

Portlash shu  qadar kuchli bo‘lganki, yon-atrofdagi binolarning derazasini ham sindirgan. Hozircha Pokistonda faoliyat ko‘rsatadigan birorta ham terrorchi gruh voqea uchun javobgarlikni bo‘yniga olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют