» » Klopp Pochettinoga, Saloh esa Keynga qarshi. Realning 1099 kun davom etgan hukmronligiga chek qoyiladigan YChL finali haqida

Klopp Pochettinoga, Saloh esa Keynga qarshi. Realning 1099 kun davom etgan hukmronligiga chek qoyiladigan YChL finali haqida


1-iyun oqshomidaMadriddagi Vanda Metropolitano stadionida Yevropa Chempionlar Ligasining yangi golibi aniqlanadi. Shu bilan birga Qirollik klubining Yevropada 1099 kun davom etgan gegemonligiga ham ramziy ham rasmiy manoda yakun yasaladi.

Madriddagi final katta ehtimol bilan ikki ingliz jamoasining ozaro hisob-kitobi sifatida ham yodda qoladi. Songgi yillarda Yevrokuboklar borasida omadi chopmayotgan inglizlarning bir yola tort jamoasi 2018/19-yilgi mavsumga (Manchester Yunaytedning Yevropa Ligasidagi galabasiga hurmat saqlagan holda) kelib, qora ananaga barham bera oldi. Bokuda otgan Yevropa Ligasi finalida Londonning ikki jamoasi bellashib, omad Chelsi tarafida bolgani hali kopchilikning yodidan kotarilmagani aniq. Bugun esa Tottenhem hamda Liverpul Yevropaning eng nufuzli sovrini shalpangquloq kubokning yangi sohibi kim bolishini aniqlab beradi.

Keling final bellashuvidan oldin biroz jamoalarning hal qiluvchi bahsga qadar bosib otgan yoli va uchrashuvga oid qiziqarli faktlar haqida suhbatlashamiz.

Maurisio Pochettino boshliq Tottenhem guruh bosqichidan amallab otib oldi. Jamoa guruhda Barselona, PSV va Inter jamoalari bilan pley-off yollanmasi uchun kurash olib bordi. Pley-off yollanmasi shporlarga songgi turga kelibgina nasib etdi. Tottenhem 6-turda Barselonani safarda yengishi kerak edi. Ammo klub durangdan nariga ota olmadi. Biroq parallel kechgan bahsda Inter PSVni yuta olmay, London klubining guruhdan chiqishiga komaklashib yubordi. Pochettino jamoasi pley-offga chiqdi. Inter esa Yevropa Ligasiga ravona boldi. Tottenhem guruh bosqichini qanday xavotirli otkazgan bolsa, pley-off bosqichi ham bundan kam bolmadi. Jamoa chorak finalda Pep Gvardiolaning Manchester Sitini safarda urilgan gol evaziga maglub etib, yarim final yollanmasini oziniki qildi. ? final kopchilikning yodida bolsa kerak. Londondagi oyinda Ayaks bitta top farqi bilan galaba qozongan bolsa, javob bellashuvida Lukas Mouraning songgi daqiqada kiritgan goli Tottenhemni Madridda bolib otadigan final ishtirokchisiga aylantirdi.

Liverpul bosib otgan yol ham Tottenhemnikidan qolishmaydi. Jamoa guruhda PSJ, Napoli va Srvena Zvezda bilan tabir joiz bolsa, jang olib bordi. Klopp shogirdlari guruhda safardagi barcha oyinni boy berdi. Ammo songgi turda ozi uchun kerakli bolgan natijani qayd eta oldi. Napoli minimal hisobda maglub etildi va pley-off yollanmasi naqd qilindi. Chorak finalda mersisaydliklar Portuni qiyinchiliksiz (6:1) maglub etdi. Yarim final esa misoli hayot-mamot jangini eslatib yubordi. Liverpul safarda Leo Messi yetakchiligidagi Barselonaga 0:3 hisobida yutqazdi. Enfilddagi javob bellashuvida esa qizillar 4:0 hisobida galaba qozonib, oziga xos tarix yaratgan holda Madrid chiptalariga buyurtma berishdi.

Ikkala jamoa ham finalga osonlikcha yetib kelgani yoq. Shunday ekan, final bellashuvi ham murosasiz kurashlarga boy bolishiga umid qilib qolamiz.

Tottenhem: Lyoris, Trippier, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Vanyama, Sissoko, Eriksen, Alli, Son, Keyn

Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Virjil van Deyk, Robertson, Fabinyo, Henderson, Veynaldum, Saloh, Firmino, Mane.

Biz oyindan rohatlanishga toliqligicha tayyormiz. Bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ozimizga ishonamiz. Eng asosiysi oz ishimizni yaxshi kayfiyat bilan qila olishimiz. Liverpul juda yaxshi jamoa. Siti va qizillar Angliyaning eng yaxshi ikki jamoasi. Ular APL bosh sovrini uchun oxirigacha kurashdi, ammo Chempionlar Ligasida ham qoyilmaqom oynaganini ham qayd etish joiz. Bu fantastik murabbiy Yurgen Kloppning xizmatlari ekani, shubhasiz. Biz uchun eng muhim galaba. Futbol tarixiga kirishni istaymiz. Nima qilish kerak ekanligini yaxshi bilamiz.

Maurisio Pochettino, Tottenhem bosh murabbiyi

Faoliyatimni omadsiz deb bolmaydi. 2012-yildan boshlab, agar 2017-yilni hisobga olmasak, har mavsum finallarda ishtirok etdim. Balki, yarim finallarda galaba qozonish boyicha rekordchidirman. Agar bu haqida kitob yozadigan bolsa, hech kim uni sotib olmasdi (kuladi). Odamlar bizning favorit ekanligimizni aytayotganidan xabarim bor. Ammo oyindan oldin hech qaysi jamoada ustunlik yoq ekanligini takidlash lozim. Kuchlar teng.

Yurgen Klopp, Liverpul bosh murabbiyi

Uchrashuv boshlangunga qadar esa qirgiz yoshlarining milliy musiqa cholgu asboblarida Chempionlar Ligasi madhiyasini ijrosini eshitib, tomosha qilib bahor berish imkoniyatingiz mavjud, aziz muxlis!

Yevropa Chempionlar Ligasi

Final bellashuvi

1-iyun, shanba

Stadion: Madriddagi Vanda Metropolitano

Uchrashuv bosh hakami: Damir Skomina (Sloveniya)

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (1-06-2019, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -