» » Beeline 4G tarmog‘i yil yakuniga qadar poytaxtning 10 foiz hududini qamrab oladi

Beeline 4G tarmog‘i yil yakuniga qadar poytaxtning 10 foiz hududini qamrab oladi

Beeline 4G tarmog‘i yil yakuniga qadar poytaxtning 10 foiz hududini qamrab oladi

Beeline kompaniyasi O‘zbekistonda ilk bor LTE texnologiyasi asosida ishlaydigan mobil tarmoqning to‘rtinchi avlodini ishga tushiradi. Beeline’ning 4G tarmog‘i uchun uskunalar Huawei Technologies Co., Ltd kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi. Bu haqda 4-sentabr kuni Grand Mir Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar berildi.

Anjumanda ma’lum qilinganidek, sekundiga 70 megabit maksimal tezlikda ishlaydigan 4G tarmog‘i joriy yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi markaziy tumanlar — jami 10 foiz hududni qamrab oladi. 2015-yilda mazkur tarmoq poytaxt va Samarqand shahrida to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirda tamoqning keyinchalik butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

Xabar berilganidek, anjumanda Huawei, Samsung va ZTE kompaniyalari ham qatnashib, ular o‘zlarining LTE standartida ishlay oladigan eng zamonaviy smartfon va planshetlari taqdimotini o‘tkazdi.

 

Daryo.uz
Опубликовано: MusTanG (4-09-2014, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют