» » “MY5” telekanali dekabr oyidan to‘liq efirga chiqadi

“MY5” telekanali dekabr oyidan to‘liq efirga chiqadi

“MY5” telekanali dekabr oyidan to‘liq efirga chiqadi

2014-yil 12-noyabrdan o‘z faoliyatini boshlagan yangi "Mening yurtim” nodavlat telekanali dekabr oyidan to‘liq efirda namoyish etiladi. Bu haqda telekanal matbuot xizmati "Daryo” nashriga xabar berdi.

"Quvonch bilan xabar beramiz, xabar berib – bilim olamiz, bilib olib – rivojlanamiz, rivojlanib – yaratamiz! Bu 12-noyabr kuni test rejimida dasturlarini efirga uzata boshlagan yangi ‘Mening yurtim’ telekanali faoliyatning asosiy tamoyilidir”, − deyiladi xabarda.

Foto:

Foto: "MY5”

Madaniy-ma’rifiy, musiqiy-ko‘ngilochar, yoshlarga yo‘naltirilgan kanal muassislari Yoshlar madaniyat va san’at markazi, "Kamolot” YoIH, O‘zbekiston Elektron OAV Milliy Assotsiatsiyasi, "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bo‘lgan.

2014-yilning aprelida "Jahon matbuoti erkinligi kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan media-kunlar davomida yosh jurnalistlar, O‘zEOAVMA a’zolari hamda bir qator yoshlar tashkilotlari tomonidan endilikda teletomoshabinlar "MY5” logotipi ostida ko‘rishlari mumkin bo‘lgan yangi "Mening yurtim” telekanal faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida taklif kiritilgan edi.


Telekanal faoliyati yoshlarda tevarak-atrofdagi voqelikka, umid va ishonchga to‘la hayotiy pozitsiyaga nisbatan yaratuvchanlik va bunyodkorlik ruhida munosabatda bo‘lishlarini shakllantirishga qaratilgan. Aynan shuning uchun ham "Mening Yurtim” telekanaliga bezak berishda hayotning eng yorqin onlarini yodga soluvchi ranglardan foydalanilgan. Shuningdek, estrada, kino, teatr, sport yulduzlari ishtirokidagi turli janr va ko‘rinishdagi dasturlar teletomoshabinlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlaydi.

Auditoriya sevimlilari kutilmagan holatlarda namoyon bo‘ladi: ular milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni qamrab olgan qiziqarli reportajlar, roliklar, mualliflik teleloyihalar qahramonlariga aylanishadi. Bundan tashqari mamlakat yoshlari hayoti, respublikada o‘tkazilayotgan madaniy-ommaviy yoshlarga mo‘ljallangan tadbirlar ijodiy guruh obyektivida bo‘ladi. Shubhasiz, bularning hammasi O‘zbekiston auditoriyasi milliy manfaatlarini qondiruvchi original telemahsulotlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish imkoniyatini beradi.

Foto:

Foto: "MY5”

Telekanal Kuzatuvi kengashi raisi, "Kamolot” YoIH Markaziy kengashi raisining o‘rinbosari Feruza Muhammadjonovaning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt va Toshkent viloyatining 5 millionlik aholisiga har kuni O‘zEOAVMAning yosh ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan 20 soatlik qiziqarli va o‘ziga xos kontent o‘zbek hamda boshqa tillarda taqdim etiladi.

Bular "MY5-NEWS”, "Sirdoshlar”, "5+5”, "Top-dizayner”, "Beshinchi fasl”, "Kinolayf” kabi axborot va madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar, musiqiy-ko‘ngilochar dasturlardir.

Efir dasturlar jadvalini ishlab chiqishda asosiy e’tibor boy tariximiz, yurtimizning an’ana va urf-odatlari, butun jahon madaniyat va san’ati, ilm-faniga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan Sharqning yetuk alloma va olimlari haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlarga qaratildi. Shu bilan birga teletomoshabinlar milliy va jahon kinematograflarining eng sara badiiy filmlari, teleseriallari hamda multfilmlarini tomosha qilishlari mumkin.

Telekanalda musiqa turli yoshdagi auditoriya qiziqishlariga javob beradi va mos keladi. Yo‘nalish keng: mumtoz musiqadan tortib, so‘nggi music-trendlargacha. "Mening yurtim” bir oyda mingta ijtimoiy reklamani efirga beruvchi yagona teleuzatuvchi bo‘ladi. Shuningdek, "Bunyodkor” yoshlar teleklubi tomonidan "Kamolot-NEWS”, "Biznes-trening” hamda "Kamolot”da mehmonda” loyihalari ham taqdim etiladi.

Ayni kunlarda taqdimot roligi hamda musiqiy blokni o‘zida jamlagan texnik efir dasturlari 29-raqamli kanal orqali efirga uzatilmoqda. U Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatini qamrab oladi. "Mening yurtim” ma’muriyati poytaxtimizdagi Yoshlar ijod markazida joylashgan bo‘lib, yaqin kunlarda kontentni yaratish bo‘yicha qator tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirgan. O‘z navbatida ushbu telemahsulotlar dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida boshlanishi mo‘ljallanayotgan to‘liq efir vaqtida namoyish etiladi.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (13-11-2014, 21:08)
+5 (голосов: 1)
Комментарии (4)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют