» » Toshkentda sevgan qiziga romantik tarzda turmush qurish taklifini bildirgan yigit maqtovlar ostida qoldi

Toshkentda sevgan qiziga romantik tarzda turmush qurish taklifini bildirgan yigit maqtovlar ostida qoldi

Toshkentda sevgan qiziga romantik tarzda turmush qurish taklifini bildirgan yigit maqtovlar ostida qoldi

Toshkentdagi "Lokomotiv” istirohat bog‘ida yigit o‘z sevgan qiziga turmush qurish taklifini romantik tarzda bildirdi. Bu haqda bog‘ning Facebook’dagi rasmiy sahifasi xabar berib, voqea joyidan surat bilan bo‘lishdi.

"Bog‘imizdagi favvora yonida romantik musiqa ostida turmush qurish taklifi bildirildi, — deyiladi xabarda. — Gullar, kameralar, olqishlar, qizning quvonch ko‘z yoshlari va atrofdagilarning hayajonli luqmalari — qiz ‘Ha!’ — deya rozilik bildirdi”.

Joylangan suratda bir guruh kishilar guvohligida yigitning tiz cho‘kib, qizga umid bilan boqayotganini ko‘rish mumkin. Allaqachon qorong‘i tushib qolgani bois, ularni maxsus projektorlar orqali yoritib turishibdi. Yollangan fotosuratchilar esa ushbu "tarixiy” lavhani kadrga muhrlash bilan ovora. Atrofdagilarning ba’zilari ularni havas bilan (qizlar), qolganlari biroz ensasi qotib (yigitlar) kuzatayotganini ko‘rish mumkin.

Postga bildirilgan izohlarda ham turli fikrlarni o‘qish mumkin. Ko‘pchilik ikki yoshni bunday ajoyib kun va bo‘lajak to‘y bilan tabriklagan. Qolgan foydalanuvchilarning bir qismi yigitni jasorat va hozirgi kunda kamdan-kam uchraydigan romantika uchun maqtagan bo‘lsa, boshqalar o‘zlariga bu holat erish tuyulganini izhor qilishga shoshilgan.

Voqea qahramonlarining har ikkisi ham ular uchun haqiqiy bayramni uyushtirishga yordam bergani uchun bog‘ga minnatdorchilik bildirib izoh qoldirgan.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (11-07-2014, 12:58)
+9 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют