WWW.XIT.UZ » Muxim Voqealar » Messining yangi soch turmagini Kim Chen Inning sochi bilan taqqoslashdi
Messining yangi soch turmagini Kim Chen Inning sochi bilan taqqoslashdi

Futbol ishqibozlari "Barselona” hujumchisi Lionel Messining yangi soch turmagini Shimoliy Koreya yetakchisi Kin Chen Inning sochiga o‘xshatishdi. Bu haqda Sudinfo.be sayti xabar bermoqda.
Muxlislardan biri argentinalik futbolchi va KXDR rahbarining soch turmaklari bir-biriga o‘xshashligini payqab, ularning rasmini kollaj tariqasida internetga joyladi.
Portalning qayd etishicha, "Kim Chen Inning diktaturasi va uslubi Messini ilhomlantirgan”.
Eslatib o‘tamiz, Messi 5-avgust kuni o‘tkazilgan mashg‘ulotga yangi soch turmagi bilan tashrif buyurgan edi.
Daryo.uz
(голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?