» » Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev: Men haqimda tarqalgan murojaat va muloqotlar yolg‘on (video)

Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev: Men haqimda tarqalgan murojaat va muloqotlar yolg‘on (video)


Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev ijtimoiy tarmoqda videomurojaat yo‘llab, so‘nggi voqealarga munosabat bildirdi.

Uning aytishicha, “tarqalgan murojaat va muloqotlar yolg‘on”.

“Buni Andijon shahri, viloyati va rahbariyatining obro‘siga putur yetkazish, deb o‘ylayman. Buni qoralayman, la’natlayman”, — deydi Rahmatullayev.

Sobiq hokim masalaga oydinlik kiritish uchun o‘zi bilan bog‘lanish, suhbat uyushtirishni taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Rahmatullayev 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida lavozimidan ozod etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют