» » Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayevni ko‘p marotaba ogohlantirganligini ta’kidladi

Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayevni ko‘p marotaba ogohlantirganligini ta’kidladi


26-avgust, dushanba kuni, Andijon shahridagi Yoshlar markazida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilganligi ma’lum qilindi.

Sessiyasida ishtirok etgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov sobiq hokim ishiga baho berar ekan, uni ko‘p marta ogohlantirganini ta’kidlab o‘tdi.

— Bu bolani juda ko‘p ogohlantirganman. Qadamingni o‘ylab bosgin deganman. Yo‘q, o‘z bilganidan qolmadi. Mana qo‘limda uning qanday ishlaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shahardagi qilinishi zarur bo‘lgan ishlar ko‘paysa ko‘paydi kamaymadi, — dedi viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov.

Shundan so‘ng viloyat rahbari uning o‘rniga 2018-yil fevralidan buyon viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Bahromjon Haydarov Nosirboyevich vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirdi.

Bahromjon Haydarov 1972-yil tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi, moliyachi. U 1995-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda 1998-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Turli yillarda viloyat hokimligi moliya boshqarmasida bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Oilali, uch farzandning otasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, o‘zining so‘kong‘ichligi bilan mashhur bo‘lgan Dilmurod Rahmatullayev ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan. 2016-yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi. U 2017-yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan so‘ng internetda mashhur bo‘lgandi va o‘sha yilning dekabr oyida sud hukmi bilan eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarimaga tortilgandi. Shundan so‘ng u 2018-yilning aprelida o‘tkazilgan videoselektorda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish uchun budjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko‘chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun bosh vazir tomonidan hayfsan olgan hamda oxirgi marotaba ogohlantirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют