» » Xitoy TIV Gonkongdagi ommaviy noroziliklar haqidagi G7 bayonotiga e‘tiroz bildirdi

Xitoy TIV Gonkongdagi ommaviy noroziliklar haqidagi G7 bayonotiga e‘tiroz bildirdi


Xitoy hukumati G7 yetakchilarining Gonkongdagi ommaviy noroziliklar haqidagi bayonotiga e’tiroz bildirmoqda. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda 27-avgust kuni o‘tkazilgan brifingda Xitoy TIVning rasmiy vakili Gen Shuan ma’lum qilgan.

“Biz buni qoralaymiz va G7’ga a’zo davlatlar rahbarlarining Gonkongdagi vaziyat bilan bog‘liq asossiz ayblovlar aytilgan bayonoti munosabati bilan o‘z noroziligimizni bildiramiz”, — degan u.

“Gonkongdagi vaziyat Xitoyning ichki ishi ekanligini va unga biron bir xorijiy tashkilot yoki hukumat aralashishga haqli emasligini bir necha bor bildirdik”, — deb qo‘shimcha qilgan TIVning vakili.

Katta yettilik rahbarlari Gonkongdan tashvishlanib, “Bir mamlakat — ikki tizim” tamoyilini qo‘llab-quvvatlagan holda chiqqan edi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ta’kidlashicha, Fransiyaning Biarrits shahrida bo‘lib o‘tgan katta yettilik sammiti yakuniga ko‘ra, “G7 Gonkong bo‘yicha 1984-yilgi Xitoy—Britaniya deklaratsiyasining mavjudligini va ahamiyatini yana tasdiqlagan va zo‘ravonlikdan qochishga chaqirgan”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют