» » YouTube Gonkongdagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishga uringan 210 ta kanalni o‘chirib qo‘ydi

YouTube Gonkongdagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishga uringan 210 ta kanalni o‘chirib qo‘ydi


Google kompaniyasi YouTube videoxostingidan Gonkongdagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishga uringan 210 ta kanalni o‘chirib qo‘ydi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz Gonkongdagi norozilik namoyishlariga taalluqli videolarni YouTube tarmog‘iga maqsadli ravishda yuklagan 210 ta kanalni o‘chirib qo‘ydik”, — deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, o‘chirib qo‘yilgan kanallar VPN-servislar va boshqa usullardan foydalangan. Shuningdek, Google’ning ma’lum qilishicha, aniqlangan tarmoq avvalroq Twitter xabar bergan Xitoy hukumatining harakatlariga mos keladi.

19-avgust kuni Twitter Xitoy hukumatining Gonkongdagi vaziyatga “ixtilof urug‘ini sepgan” 200 mingga yaqin akkauntini bloklab qo‘ygandi.

Gonkongdagi norozilik namoyishlari iyun oyidan buyon davom etib kelmoqda. Fuqarolarni Gonkong fuqarosi Xitoyda sud qilinishi mumkinligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi g‘azabga keltirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют