» » Fotofakt: Gonkongdagi osmono‘par binolarning “tuynuklari” siri

Fotofakt: Gonkongdagi osmono‘par binolarning “tuynuklari” siri


Gonkongdagi ko‘p qavatli binolarda katta teshiklarni ko‘rish mumkin. Birinchi taassurot — binolarning shamolga nisbatan qarshiligini kamaytirish uchun bu “oynalar” o‘rnatilgan. AdMe bu noodatiy arxitektura mohiyatini tushuntirib berdi.

Bunday yechim qadimiy xitoy falsafasi — fenshuydan kelib chiqqan. Unga ko‘ra, Gonkong tog‘larida cho‘milish va chanqog‘ini qondirish uchun suvga tushadigan ajdarlar yashaydi.

Gonkong aholisining fikriga ko‘ra, shahar aynan dengiz va tog‘lar o‘rtasida joylashgani uchun gullab-yashnamoqda. Qirg‘oq bo‘ylab qurilayotgan baland binolar ajdarlar yo‘lini to‘sadi va natijada omadsizlik keladi. Shuning uchun quruvchilar binolarda ajdarlar bemalol uchib o‘tib, suvga borishi uchun katta tuynuklar qoldiradi.

Ming yillardan buyon Xitoyda inson va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarda donolik ulug‘langan. Fenshuy uslubidagi teshiklar bilan quriladigan noodatiy uylar zamonaviy Xitoy aholisi besh ming yillik xitoy sivilizatsiyasining qadimiy an’analarini saqlashga harakat qilayotganini ko‘rsatadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют